A Seriyaning ikki klubi Pyontek uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
31 dek 2020
"Gerta" hujumchisi Kshishtof Pyontek faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Polshalik futbolchiga "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda. "Jenoa" ham Pyontekni ijaraga olmoqchi.

25 yoshli hujumchining nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Kshishtof joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira