A Seriyaning ikki klubi Kloppni taklif qilmoqchi

Alisher
27 yanv 2024, 23:43
Ikki italyan klubi Yurgen Klopp bilan kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Nemis mutaxassisi yozda "Liverpul"ni tark etadi. "Roma" rahbariyati kelasi yozda uni jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlashni orzu qilmoqda.

Kloppni shuningdek "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis o'z klubiga taklif qilmoqchi.

Oldinroq "Liverpul" murabbiyi bir yillik pauza olishni rejalashtirayotganini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tuttomercatoweb.com