A Seriyada ham klublar soni qisqarishi mumkin

A Seriya rahbari Gaetano Mikkiche xabar berishicha, Italiya chempionatining asosiy divizionidagi jamoalar soni 18taga qadar qisqartirilishi mumkin.

"Bundesligani hisobga olmaganda Yevropaning barcha kuchli chempionatlarida 20tadan jamoa qatnashadi. Italiya futbol federatsiyasining so'nggi yig'ilishi vaqtida bizga jamoalar sonini 20dan 18taga qadar kamaytirish qarorini qabul qilishga ruxsat berildi.

Hamma yutuq va kamchiliklarini inobatga olgan holda, tez orada uchrashuv tashkil qilib bu haqda yakuniy qarorga kelamiz. Federatsiya har bir ligadagi jamoalar sonini o'ylab ko'rish imkoniyatini berdi va bu ajoyib", - deya Mikkichening so'zlarini keltirdi Football Italia nashri.

Eslatib o'tiamiz, oxirgi 7 yilda A Seriya chempionligini "Yuventus" qo'lga kiritib kelmoqda. Turinliklar joriy mavsum ham yetakchilik qilishmoqda.


Manba: Football Italia