A Seriya. "Yuventus" Genuyada "Sampdoriya"dan ustun keldi

19 dek 2019, 01:07
Italiya chempionati 17-turini ochib beruvchi uchrashuv yakunlandi.

Mazkur uchrashuvda Paulo Dibala va Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan gollar Turin klubiga g'alabani taqdim qildi. Mazkur g'alabadan keyin "keksa sinora" 42 ochko bilan vaqtincha muddatga Italiya chempionati musobaqa jadvalining yetakchisiga aylanib oldi.

Sampdoriya – Yuventus 1:2

18 dekabr, 22.55, Luidji Ferraris

Gollar:

0:1 – 19 Dibala, 1:1 – 35 Kaprari, 1:2 – 45 Ronaldu.

Sampdoriya – Audero, Murru (Audjello, 76), Ferrari, Murilo, Depaoli (Leris, 50), Linetti, Torsbyu, Ramires, Yankto (Gabbyadini, 61), Kaprari, Kolli.

Yuventus – Buffon, Demiral, Bonuchchi, Aleks Sandro (De Shilo, 82), Danilo, Matyuidi, Pyanich, Rabo, Ronaldu, Iguain (Remzi, 69), Dibala (Duglas Kosta, 77).

Ogohlantirishlar:

Yankto (43), Pyanich (59), Murilo (61), Demiral (76), Kaprari (76).

Chetlatish:

Kaprari (90).

 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia