A Seriya. "Napoli" qiyin g'alabaga erishdi

Оқил Абдубарноев
16 okt 2022, 22:57
Italiya A Seriyasining 10-turidan o'rin olgan "Napoli" - Bolonya" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning dastlabki choragi golsiz yakunlandi. Taym so'ngida mehmonlar hisobni ochdi. Ammo hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Jezus hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'lim boshida esa mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroq ularning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi, oradan 2 daqiqa o'tgach, hisob yana tenglashdi. 69-daqiqa Osimxen jamoasiga g'alaba taqdim etadigan gol muallifiga aylandi.


Napoli – Bolonya 3:2 (1:1, 2:1)

Gollar: 0:1 – 41 Zirkzee, 1:1 – 45 Jezus, 2:1 – 49 Losano, 2:2 – 51 Barrou, 3:2 – 69 Osimxen.

Napoli – Meret, Di Lorenco, Jezus, Kim Min Chje, Mariu Ruy (Olivera, 76), Lobotka (Demme, 82), Zelinski, Ndombele (Elmaz, 71), Politano (Losano, 46), Kvaratsxeliya, Raspadori (Osimxen, 46).

Bolonya – Skorupski, Posh (Likoyannis, 77), Bonifaci, Lukumi, Kambyazo (De Silvestri, 89), Medel (Moro, 71), Ebisher (Sansone, 77), Dominges, Fergyuson, Zirkzee, Barrou.

Ogohlantirishlar: Dominges (21), Motta (53), Skorupski (58), Sansone (90), Likoyannis (90).



O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia