A Seriya. “Lacio” uyda “Sampdoriya”ni tor-mor etdi, Immobile esa xet-trikka erishdi

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2020, 21:10
Italiya chempionati 20 turi doirasida “Lacio” hamda “Sampdoriya” o'rtasidagi gollarga boy o'tgan bahs yakunlandi.

O'yinda maydon egalari 5:1 natijasi bilan zafar qozonishdi. Rimliklar forvardi Chiro Immobile esa xet-trikka erishib, to'purarlar ro'yxatidagi peshqadamligini (23 gol bilan) yanada mustahkamladi.  

Lacio – Sampdoriya 5:1 (3:0, 2:1)

Stadio Olimpiko

Gollar: 1:0 – 7 Kaysedo, 2:0 – 17, penalti Immobile, 3:0 – 20 Immobile, 4:0 – 54 Bashtush, 5:0 – 65, penalti Immobile, 5:1 – 70 Linetti.

Lacio – Strakosha, Radu (Bashtush, 49), Acherbi (Vavro, 66), Gabarron, Laccari, Luis Alberto, Milinkovich-Savich, Leyva, Xoni Rodriges, Immobile, Kaysedo (Adekane, 58).

Sampdoriya – Audero, Kolli, Bereshinski, Shabo, Murru (Audjello, 63), Torsbyu, Ronaldu Vieyra, Yankto (Ekdal, 46), Linetti, Kaprari, Gabbyadini (Bonaccoli, 71).

Ogohlantirishlar: Ronaldu Vieyra (31), Kolli (62), Adekane (68).

Chetlatish: Shabo (73).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia