A Seriya. "Keksa senora" chempionlik sari odimlamoqda - "Kalyari" - "Yuventus" 0:2

3 apr 2019, 02:00
Italiya chempionatining 30-turi doirasida "Kalyari" musobaqa peshqadami "Yuventus" jamoasini qabul qildi.

Turinliklar mazkur turda ham qiyinchilikka duch kelishmadi. Leonardo Bonuchchi va Moyze Kin kiritgan to'plar "Yuventus"ga 3 ochko keltirdi. Jamoa hisobida 81 ochko bor va bu kamida ikkinchi o'rin degani. Uchinchi o'rinda borayotgan "Inter" endi "keksa senora"ga eta olmaydi. 

Kalyari – Yuventus 0:2 

Sardenya

Gollar: 0:1 – 22 Bonuchchi, 0:2 – 85 Kin.

Kalyari – Krano, Cheppitelli, Srna, Pizakane, Farago (Padoin, 76), Chigarini, Likoyannis, Ionice (Birsa, 68), Barella, Joao Pedro (Cherri, 76), Pavoletti.

Yuventus – Shensni, Kaseres (Bentankur, 61), De Shilo, Aleks Sandro, Bonuchchi, Matyuidi, Djan, Bernardeski, Pyanich, Kellini, Kin.

Ogohlantirishlar: Kin (20), Joao Pedro (34), Likoyannis (39), Srna (82), Bernardeski (90).

A Seriya turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia