A Seriya. Jiru darvozabonlik qilgan o'yinda "Milan" "Jenoa"ni minimal hisobda taslim etdi

Administrator
8 okt 2023, 02:05
Italiya A Seriyasi sakkizinchi turida "Milan" uch ochkoni o'ziniki qildi.

Qiziqarli jihati, uchrashuvning 90+9 daqiqasida "Milan" darvozaboni Menyan maydondan chetlatildi. Bu paytga kelib, "Milan"da o'zgarishlar qolmagandi. Hujumchi Olive Jiru esa o'yinni darvozabon sifatida yakunlab qo'yishiga to'g'ri keldi. Muhimi "Milan" uchrashuv yakuniga qadar o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.

"Jenoa" – "Milan" 0:1

Gol: 0:1 – 87 Pulishich.

Jenoa – Jozep Martines, Leali, Sabelli (Ekuban, 68), de Vinter, Bani, Dregushin, Vaskes, Xaps, Malinovskiy (Kutlu, 68), Torsbyu, Frendrup, Pushkash, Gudmundsson.

Milan – Menyan, Florenci (Kalabriya, 66), Tomori, Tiav, Ernandes, Bartezagi, Adli (Jiru, 66), Reynders, Musa, Chukvueze (Pulishich, 46), Okafor (Rafael Leau, 46), Yovich.

Ogohlantirishlar: Djilardino (10), Ernandes (21), Florenci (22), Musa (47), Adli (62), de Vinter (69), Jozep Martines (86), Tomori (90).

Chetlatish: Menyan (90), Jozep Martines (90).

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia