

"La Gazetta dello Sport" xabariga ko'ra, tomonlar A Seriyadagi ishtirokchilar sonini 20tadan 18taga kamaytirishni muhokama qilib ko'rishdi. Bu tashabbusni asosan Italiyaning top-klublari ko'tarib chiqishgan. Chunki YCHL formati o'zgarishi sababli milliy chempionat taqvimi bilan barchasi tig'izlashib kyetishi mumkin.
Hozircha tomonlar bir qarorga kelishmagan. Ayrim klublar bu orqali o'z foydalari kamayib kyetishi havfini o'ylashgan. Ligadagi jamoalar soni kamayishi uchun 14 ovoz kerak bo'ladi.



