A Seriya. "Fiorentina" mavsum yakunida 12-g'alabasini qo'lga kiritdi

2 avg 2020, 23:06
Italiya chempionati 38-turi doirasidagi yana bir uchrashuv nihoyasiga etdi.

SPAL – "Fiorentina" bahsida mehmonlarning qo'li baland keldi. Florenciyaliklar tarkibida gollarga Alvred Dunkan, Kristian Kuame va Erik Rulgar mualliflik qilgan bo'lsa, mezbonlarning yagona javob goli Marko D’Alessandroning nomiga yozildi. Shu tariqa "binafsharanglilar" 2019-20 yilgi mavsum davomida 12-g'alabasini qo'lga kiritdi. Ma'lumot uchun, "Fiorentina" "Verona" jamoasi bilan birgalikda A Seriyaning joriy mavsumida eng ko'p durang natija qayd etgan klub bo'lib turibdi. Mazkur klublar mavsum davomida 13 bor raqiblar bilan murosa ko'chasini tanlashgan.

SPAL – Fiorentina 1:3

2 avgust, 21.00, Paolo Macca

Gollar:

0:1 – 30 Dankan, 1:1 – 39 D'Alessandro, 1:2 – 89 Kuame, 1:3 – 90, penalti Pulgar.

SPAL – Tiam, Vikari, Bonifaci, Tomovich, D'Alessandro (Tunev, 86), Valoti (Di Franchesko, 80), Dabo, Murdja (Espeto, 62), Fares (Salamon, 80), Missiroli, Kuelyar (Xorvat, 61).

Fiorentina – Terrachchano, Venuti (Sottil, 66), Chekkerini, Lirola, Igor Julio, Agudelo (Kuame, 55), Dankan (Terzich, 90), Keza (Dalle Mura, 90), Pulgar, Milenkovich, Vlaxovich (Kutrone, 66).

Ogohlantirishlar:

Fares (45), Keza (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia