7 yildan beri "Barselona"da o'ynab kelayotgan futbolchi klubdan ketish haqida o'ylamoqda

Tolibjon Qosimov
13 okt 2017, 11:54
"Barselona" himoyachisi Xaver Maskerano mavsum oxirida Kataloniya klubini tark etishi mumkinligini ta'kidlab o'tdi.

"Ko'rinib turibdi, bu mavsum "Barselona"da kam maydonga tushayapman. Har doim maydonga tushishga tayyor bo'lishga harakat qilayapman. Kataloniya klubi bilan shartnomam hali amalda. Qarorni mavsum yakunida qabul qilaman. Hozircha kelajagim borasida hech kim bilan gaplashmadim. "Barselona"da doim men bilan baxtli ekanliklarini aytishgan, lekin o'ylash vaqti keldi", - dedi Maskerano.

Eslatib o'tamiz, Xaver Maskerano "Barselona"ga 2010 yil "Liverpul"dan o'tgan edi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com