51 yoshli prezident terma jamoa safida maydonga tushdi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018, 12:33
Sobiq futbolchi, Liberiya prezidenti Jorj Vea Nigeriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'z mamlakati jamoasi safida maydonga tushdi.

Ushbu o'yin Vea o'ynagan Liberiya terma jamoasidagi 14-raqamni muomaladan chiqarish uchun tashkil etilgan edi. Sobiq futbolchi hozir 51 yoshda, u bahsni asosiy tarkibda boshladi va 79-daqiqada almashtirildi. Uchrashuv 1:2 hisobida yakun topdi.

Vea professional faoliyati davomida "Monako", PSJ, "Milan", "Chelsi", "Manchester Siti" va "Marsel" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC