Kechagi durangdan so'ng Gvardiola chempionlik uchun kurash haqida gapirdi

Khoja
15 mar 2026
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola kechagi durangga qaramasdan jamoasi hali chempionlik uchun kurashdan chiqmaganini ma'lum qildi.

"Bu hali tugagani yo'q. Kim aytdi buni? Biz mag'lub bo'lmadik. Biz davom etamiz", - dedi u.

"Arsenal"ga qarshi to'qqiz ochko ko'p, lekin bu sodir bo'ldi. Bizning ularga qarshi o'z uyimizda o'yinimiz bor, shuning uchun oxirigacha harakat qilishimiz kerak.

Agar bu imkonsiz bo'lib qolsa, u holda chempionni tabriklaymiz, lekin baribir harakat qilishimiz lozim. Bizda ajoyib jamoa, ruh bor va biz Madriddagi ulkan say-harakatlardan keyin ham kurashdik... Biz ajoyib jamoamiz. Biz juda yaxshi o'ynadik va oxirigacha davom etamiz", - deb qo'shimcha qilgan murabbiy.


KhojaMuallif
Manba: BBC