Maykl Kerrik: "Skoulzning tanqidiga e'tibor bermadim"

Mirjalol Normatov
13 mar 2026
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik sobiq jamoadoshi Pol Skoulzning ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidi haqida gapirdi.

Oldinroq Skoulz "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatdank keyin: "Jamoa so'nggi 4 o'yinni yomon o'tkazdi. Kerrikda rostdan ham o'zgacha hususiyat bormidi?", deb yozib o'tgandi.

"Umuman olganda o'zgacha hech nima yo'q. Hozir haqiqat shunday - ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, turlicha fikrlar. Buni turlicha talqin qilish mumkin. Shu sababli bunga xotirjam munosabatdaman.

Turlicha fikrlar bor, hozir istalgan so'zdan ayb topish mumkin. Bundan xavotir olmayapman. Umuman olganda Skoulzning tanqidiga e'tibor qaratmadim", - dedi Kerrik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC