

"Yig'in davomida bir necha nazorat bellashuvlarida maydonga tushish mo'ljallanmoqda.
Ayni paytda yoshlarimiz yangi mavsumga tayyorgarlik mashg'ulotlarini boshlab yuborishgan. Joriy mavsum jamoani Shuhrat Bo'riev boshqaradi. Unga murabbiylar shtabida Oybek Usmonxo'jaev, Pavel Tyulkin va Anvar Rashidov yordam beradi.
Nazorat bahsida yakshanba kuni yoshlarimiz Qibrayda "Do'stlik" jamoasidan 4:2 hisobida ustun kelishdi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.



