"Andijon" bilan xayrlashgan hujumchi "So'g'diyona"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2026, 16:37
23 yoshli futbolchi Otabek Jo'raqo'ziev faoliyatini Jizzaxda davom ettiradi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi. 

"Otabek Jo'raqo'ziev mavsumni "So'g'diyona" safida boshlaydi", – deyiladi xabarda.

Jo'raqo'ziev andijonliklar tarkibida 18 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. 

Avvalroq "Andijon" u jamoani tark etganini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia