O'zbekiston U-17 terma jamoasi davrozaboni "Andijon"ga o'tmoqda

Administrator
17 dek 2025, 23:23
Bu haqda uning o'zi ma'lum qildi.

"Ahmedov FK" klubi hamda O'zbekiston U-17 terma jamoasi darvozaboni Nematulloh Rustamjonov "Andijon" klubiga o'tishi kutilmoqda. Buni futbolchining o'zi ma'lum qildi. Bloger Abdurahmon Fozilov futbolchining kelajagi haqida so'raganda, darvozabon tez orada "Andijon" klubiga o'tishi kutilayotganini ma'lum qilgan. 


Ma'lumot uchun, Nematulloh Rustamjonov ayni damda 17 yoshda. U O'zbekiston termasidan tashqari ushbu mavsum "Ahmedov FK" jamoasida Birinchi liga doirasida 4 ta o'yinda maydonga tushdi.


AdministratorMuallif
Manba: https://www.instagram.com/abdurahmon_fazilov/