"Al Ittihod" va "Al Hilol" Saloh transferi uchun 80-100 mln evro to'lashi mumkin

Alisher Ostonov
7 dek 2025
"Al Ittihod" va "Al Hilol" kelasi qishda "Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni sotib olish uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

Saudiyaliklar 33 yoshli futbolchining transferi uchun mersisaydliklarga 80-100 mln evro taklif qilishi mumkin.

Manbaga ko'ra, misrlik vingerni sotib olishga MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda, ammo moliyaviy shartlar bo'yicha Saudiya Arabistoni jamoalari bilan raqobatlashish qiyin.

Avvalroq Saloh "Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot bilan munosabatlari yomonlashgani, shuningdek, hozirgi vaziyatda o'zini aybdor his qilayotganini takidlagandi.

Hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va uchta assist muallifi bo'ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Caught Offside