Bellingem va Kamavinga "Real"ning YCHL uchun qaydnomasiga kiritilgan hamda "Qayrat"ga qarshi o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
16 sen 2025, 13:35
Jud Bellingem va Eduardo Kamavinga Chempionlar Ligasi doirasidagi "Qayrat"ga qarshi o'yinga tayyor (30 sentyabr).

Har ikki futbolchi asosiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan va "Real" jamoasining "Marsel" bilan Chempionlar Ligasi birinchi turidagi tarkibidan joy olgan.

Bellingem yaqinda elkasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va asta-sekin yuqori formaga qaytmoqda. Kamavinga to'pig'idan olgan jarohatidan forig' bo'layotgandi, lekin ma'lum cheklovlar bilan bo'lsa-da, jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytdi.

Ikki futbolchi ham Chempionlar Ligasining bo'lajak o'yinlarida – "Marsel" va "Qayrat" bilan o'yinlarda maydonga tushishi kutilmoqda. Ularning yo birinchi daqiqalardan harakat qilishi, yo zaxira o'rindig'idan joy olishi murabbiylar shtabi qaroriga bog'liq bo'lib, bunda futbolchilarning hozirgi holati hisobga olinadi.

Eslatib o'tamiz, "Real" – "Marsel" bellashuvi bugun 23:59 da boshlanadi. "Qayrat" bilan uchrashuv esa 30 sentyabrga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ca.sports.yahoo.com