Amorim "Manchester Yunayted"da rejalashtirilganidan kechroq ish boshlaydi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2024
Ruben Amorimning MYU bosh murabbiyi lavozimiga rasman tayinlanishi kechiktirildi.

Dastlab, mutaxassis yangi klubida 11 noyabr, dushanba kuni ish boshlashi kerak edi, ammo bu amalga oshmaydi, chunki portugaliyalik hali ishlash uchun ruxsatnoma olmagan. Adliya vazirligi muammo yaqin kunlarda hal etilishiga ishonch bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Amorim xalqaro tanaffusning ikkinchi haftasigacha ingliz jamoasi bilan birinchi mashg'ulotini o'tkazishni rejalashtirmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT