Klublar o'rtasidagi JCH-2025: FIFA stadionlar ro'yxatini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2024, 11:35
FIFA 2025 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati AQSHdagi 12 ta stadionda o'tkazilishini tasdiqladi.

Musobaqa finali 2025 yil 13 iyul kuni Nyu-Yorkdagi mashhur "Metlayf-Stedium"da bo'lib o'tadi.

Turnir 2025 yil 15 iyun kuni boshlanib, 29 kun davom etadi va muxlislarga dunyoning 32 ta eng yaxshi jamoasining yuqori sifatli klub futbolidan bahramand bo'lish imkoniyatini beradi. 

"Klublar o'rtasidagi 2025 yilgi Jahon chempionati 12 ta ajoyib stadionda o'tkaziladi va u yerda buyuk futbolchilar tomonidan jahon futboli tarixida yangi sahifa yoziladi", – dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Uchrashuvlarga mezbonlik qiladigan stadionlar ro'yxati:

1. "Rouz Boul" (Los-Anjeles) - 88,500 o'rin

2. "Lyumen Fild" (Sietl) - 69,000  

3. "Kemping Uorld" (Orlando) - 65,000

4. Inter&Co Stadium (Orlando) - 25,000  

5. "Mersedes-Benc Stedium" (Atlanta) - 75,000  

6. "Jodis Park" (Neshvill) - 30,000  

7. "Bank of America Stadium" (Sharlott) - 75,000  

8. "TQL Stadium" (Cincinnati) - 26,000  

9. "Odi Fild" (Vashington) - 20,000  

10. "Metlayf-Stedium" (Nyu-Jersi) - 82,500  

11. "Xard Rok Stedium" (Mayami) - 65,000  

12. "Linkoln Faynenshel Fild" (Filadelfiya) - 69,000


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com