Eldor Shomurodov faoliyatini Italiya futboli afsonasining jamoasida davom ettirishi mumkin

Khoja
17 avg 2024, 09:52
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovga yangi davogar paydo bo'ldi.

Joriy mavsum Italiya A seriyasiga qaytishni maqsad qilgan "Sampdoriya" terma jamoamiz sardoriga qiziqish bildirmoqda. Genuyaliklar hujumchining "Roma"dagi holatini o'rganmoqda. 

Ma'lumot uchun, "Sampdoriya"ni ayni vaqtda Italiya futboli afsonasi Andrea Pirlo boshqarib bormoqda. Jamoa o'tgan mavsum Italiya B seriyasida 7-pog'onani qo'lga kiritgan.


KhojaMuallif
Manba: Corriere dello Sport