37 yoshli Xandanovich "Inter" bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
9 iyul 2022
Sloveniyalik futbolchi Milan klubida qoladi.

"Inter" rasmiy saytida darvozabon Samir Xandanovich bilan bitim uzaytirilganini e'lon qildi. Tomonlar 2023 yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzolashdi.

Sloveniyalik futbolchi Milan klubida 2012 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 37 yoshli darvozabon o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 50 ta o'yin o'tkazib, 40 ta gol o'tkazib yuborgan va 21 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: inter.it