APLning ikki grandi Kimmix uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2024
"Liverpul" va "Manchester Yunayted" "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

O'yinchiga shuningdek "Barselona" va "Manchester Siti" klublari qiziqmoqda. O'yinchining myunxenliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

28 yoshli Kimmix joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

"Bavariya" turnir jadvalida yetakchi "Bayer"dan to'rt ochko ortda bormoqda, myunxenliklarda shuningdek zaxira o'yini mavjud.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: AS