Nasaf Olimpikni mag'lub etib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2023
Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Nasaf" uchrashuvi boshlandi.

Coca Cola Superligasi, 20-tur

"Olimpik" – "Nasaf" - 1:3 
Gol: 1 - Azizbek Amonov, 32 - Mateus Lima Kruz (Azizbek Amonov), 56 - Timur Mamasidiqov (Fahriddin Muhammadov), 89 - Marko Stanoevich (pen)

Bosh hakam: Rahimbek Karimov

Yordamchi hakamlar: Husniddin Shodmonv, Shavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Farruh Yansupov

Nazoratchi: Dmirtiy Roman

Komissar: Sardor Qudratullaev

"Olimpik": 1.Shukron Yuldashev, 4.Odilbek Abdumajidov (s), 5.Javohir O'tamurodov ( 28.Rustam Jahonov, 90+2), 8.Nodir Abdixoliqov, 9.Shahzod Akramov (15.Mustafo Abdumannopov, 75), 10.Farruh Muxtorov, 17.Timur Mamasidiqov, 18.Sardor Maxmudov, 21.Saidafzalxon Axrorov (, 6.Jaloliddin Sodiqov,86), 29.Aleksandr Zevadinov, 81.Asadbek Jo'raboev (88.Fahriddin Muhammadov, 46).

Zaxira: 12.Sarvar Mirzaev, 99.Edem Nemanov 19.Ahmadullo Muqumjonov,.

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 5.G'olib G'aybullaev (s ( 92.Umarbek Eshmurodov,66), 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov ( 25.Bekjon Rahmatov,90), 18.Bahrom Abdurahimov (88.Marko Stanoevich, 75), 19.Mateus Lima Kruz (21.Doniyorjon Narzullaev, 66), 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Sherzod Nasrullaev, 70.Jaba Jigauri, 77.Oybek Bozorov (17.Suhrob Nurulloev,66), 99.Azizbek Amonov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 54.Adhamjon Musulmonov,  32.Zafar Hakimov, 36.Azizjon Ahrorov,.

Ogohlantirish: 55 - Saidafzalxon Axrorov


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi


90+3. Muxtorovning ajoyib zarbasiga aniqlik yetishmadi

90+2. O'zgarish: O'tamurodov o'rniga Jahonov maydonga tushdi

90. O'zgarish: Rahmatov Sidiqovni alishtirdi

89. GOOOL. Stanoevich hisobni oshirmoqda

87. Penalti. Abdumannonov Amanovni yiqitdi va hakam penalti belgiladi

86. O'zgarish: Sodiqov Axrorovning o'rniga maydonga tushdi

85. Jabaning navbatdagi zarbasini darvozabon qaytardi

83. NE'MATOOOOV. Mamasidiqovning super zarbasini Abduvoxid super tarzda qaytarmoqda

78. Stanoevichning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda noaniq

75. Har ikki jamoada o'zgarish: Mehmonlarda Abdurahimov maydoni tark etdi, uning o'rniga Stanoevich maydonga tushdi. Toshkentliklarda esa Akramovning o'rniga Abdummanopov maydonga tushdi

66. O'zgarish: Doniyorjon Narzullaev, Suhrob Nurulloev, Umarbek Eshmurodov maydonga tushishga tayyor, ular Lima Kruz, G'olib G'aybullaev va Oybek Bozorovni alishtirishdi

65. Amonov Bozorovni juda qulay vaziyatga olib chiqdi, biroq Oybekning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq

60. Bozorov to'p uchun kurashda Abdumajidovdan ustun keldi va raqib maydonchasining ichiga to'pni uzatdi, biroq uning uzatmasini golga aylantiradigan futbolchi topilmadi

56. GOOOL. Mehmonlar himoyada juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. To'pni egallab olgan Muxtorov bitta to'pni Mahmudovga uzatdi, Mahmudov esa Timurni birga chiqarib yubordi. Mamasidiqov esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi va hisobni qisqartirdi

55. Ogohlantirish: Ahrorov hakam tomonidan ogohlantirildi

53. Sardor Mahmudov o'ziga juda qulay imkoniyat yaratdi va zarba yo'lladi. Abduvohiddan seyv

50. Jabaning aniq va kuchli zarbasini Yuldashev qiyinchilik bilan qaytardi


Ikkinchi bo'lim boshlandi

2-bo'lim arafasida mezbonlarda o'zgarish: Jo'raboevning o'rniga Muhammadov maydonga tushdi

Hakam birinchi bo'limga hech qanday vaqt qo'shib bermadi  

39. Shahzod Akramovning zarbasini mehmonlar himoyachisi qiyinchiliksiz ushlab oldi

32. GOOOL. Sidiqov, Amonov va Limaning ajoyib harakatlaridan so'ng braziliyalik hujumchi hisobni oshirdi

28. Burchakdan uzatilgan to'pni Lima boshi bilan yo'lladi, biroq noaniq 

27. Jaba Jigaurining uzoqdan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

25. Dastlabki 25 daqiqadan xulosa qiladigan bo'lsak, gol urib olgan Nasaf ortiqcha kuch sarflamasdan g'alaba qozonmoqchi. To'p asosan qarshiliklarda va Toshkent jamoasi hozircha hujumda umuman ishlari yurishmayapti

19Nasafning hozircha barcha xavfli hujumlariga Olimpik himoyachilari pas bermoqda

16. Yuldashev o'z darvozasi oldida juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, biroq mehmonlar ushbu imkoniyatdan foydalana olmadi

9. Mahmudovning uzatmasiga Akramov ulgirmadi. Mezbonlar sekin sekin o'zlariga kelishmoqda

6. Temur Mamasidiqovning ilk zarbasini Ne'matov qaytardi

4. Mehmonlar juda osonlik bilan raqib maydoniga kirib bormoqda. Bozorovning zarbasini Yuldashev qiyinchilik bilan  burchakka chiqarib yubordi

1. GOOOL . Azizbek Amonov hisobni ochdi. Uchrashuv 0:1 bilan boshlandi.

 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia