"CAFA Futsal Cup 2023". O'zbekiston oxirgi o'yinda yirik g'alabaga erishdi

Tolibjon Qosimov
30 iyul 2023, 18:33
Tojikistonda bo'lib o'tayotgan "CAFA Futsal Cup 2023" musobaqasi doirasidan o'rin olgan O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

YANGILASH

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz musobaqani yirik g'alaba bilan yakunlashdi. Lekin, bu natija bizga hatto ikkinchi o'rinni olishimiz uchun ham yetmaydi. Hozircha ikkinchi o'rinda turibmiz. Lekin, Tojikiston - Eron bahsidan keyin jadvalda pastga tushishimiz aniq.

"CAFA Futsal Cup 2023"

30.07.2023

"Dushanbe" yopiq sport majmuasi

O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi 4:0

Gollar: H.Nishonov 10, A.Solihov 29, S.Jo'raev 34, I.Hamroev 40

O'zbekiston (birinchi beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 13.Abdulla Solihov.

Zaxira: 1.Ravshan Eliboev, 2.Xushnur Erkinov, 5.Sunnatulla Jo'raev, 14.Jamshid Rahmatullaev.

Qirg'iz Respublikasi (birinchi beshlik): 1.Ulanbek Chorobekov, 8.Denisbek Amandik, 9.Maksat Alimov, 10.Muhamed Askarbekov, 14.Samat Djanat.

Zaxira: 3.Bektur Iliyasov, 4.Arstanbek Tursunov, 5.Almazbek Samat, 6.Adil Aianbaev, 11.Daniyar Talaybekov, 12.Abdurahim Daniyar.


Futzal bo'yicha 5 futbolchi terma jamoadan chetlatildi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia