Shomurodov "Kalyari" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi: "Yangi sarguzashtlarga tayyorman"

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2023, 22:44
O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bugun "Villa Styuart"ga kelib, yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Kalyari" Shomurodovni 9 million evro evaziga keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi. Ijara summasi 1 million evroni tashkil etadi. 

Ijara muddati davomida Shomurodov maoshining yarmini "Roma" to'laydi. Agar hujumchi to'laqonli ravishda sardiniyaliklar safiga o'tsa, 2027 yilgacha shartnoma imzolanadi.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov Italiya A Seriyasining yakunlangan mavsumida jami 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Men yangi sarguzashtlarga tayyorman. "Kalyari"ga kelganimdan juda xursandman", deya Shomurodovning so'zlaridan iqtibos keltiradi Janluka Di Marcio.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com