35 yoshli darvozabon Sirigu "Napoli" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
11 avg 2022, 16:28
"Napoli" darvozabon Salvatore Sirigu bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

35 yoshli italiyalik bilan shartnoma bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Sirigu o'tgan mavsum "Jenoa"da o'ynadi.

Darvozabon genuyaliklar tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 59ta to'p olib chiqdi va 10ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sscnapoli.it