Rasman: Ivan Boshkovich "So'g'diyona" bosh murabbiyi

Aziz Tukhtamuradov
6 apr 2023, 08:33
"Navbahor"dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov iste'foga chiqarilgan edi.

Kecha So'g'diyona qarorgohida Chernagoriyalik murabbiy Ivan Boshkovich bilan mavsum so'ngiga qadar bo'lgan shartnoma imzolandi.

Ma'lumot o'rnida, Ivan Boshkovich 1982 yil 1 yanvar sanasida Chernogoriyada tavallud topgan.

Ivan Boshkovich murabbiylik faoliyati davomida 2018 yili Huai Thalaeng Yunayted jamoasida yoshlar murabbiyi bo'lgan. 2019 yilda Lampang jamoasida yordamchi murabbiy. 2020 yil Bunyodkor U19 jamoasi murabbiyi, 2021 yilda Bunyodkor-2 bosh murabbiyi, 2022 yilda Bunyodkor bosh murabbiyi bo'lgan. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq championat.asia saytining "Eshitdik-da" ruknida Boshkovich "So'g'diyona"da ish boshlashi haqida xabar qilgandik.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/pfcsogdianauz