O'zbekiston terma jamoasining Qozog'iston va Rossiyaga qarshi o'yinlar uchun qaydnomasi ma'lum

Sherzod Nurmatov
11 noya 2022
O'zbekiston milliy terma jamoasi 13 noyabr kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlaydi.

Toshkentda o'tkaziladigan yig'in doirasida jamoamiz 16-20 noyabr kunlari Qozog'iston va Rossiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Bosh murabbiy Srechko Katanets tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar - Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar -Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev (AGMK), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Dilshod Saitov ("Nasaf")

Yarim himoyachilar - Odil HAmrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Otabek Shukurov ("Karagyumruk", Turkiya), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Hojimat ERkinov ("Torpedo", Rossiya), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Oston O'runov (klubsiz), Ruslanbek Jiyanov ("Olimpik")

Hujumchilar - Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston), Bobir Abdixoliqov ("Energetik-BGU", Belarus)



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати