334 319 aholiga ega Islandiya o'z tarixida ilk bor JCH chiptasini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2017, 02:10
Kamtargina Islandiya terma jamoasi mamlakat futboli tarixida ilk marotaba Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadi.

Bundan bir necha daqiqa avval islandiyaliklar o'z maydonlarida Kosovo terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etib, ana shu huquqni rasmiylashtirib olishdi.

Islandiya terma jamoasi 22 ochko bilan I guruhida birinchi o'rinni egalladi va to'g'ridan-to'g'ri mundialda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Parallel tarzda o'tgan o'yinda mehmonda Ukrainani 2:0 hisobida mag'lub etgan Xorvatiya ikkinchi o'rin sohibi sifatida pley-offda kurashni davom ettiradi.

E'tiborga molik jihati shundaki, Islandiya davlatida aholi soni 334 ming 319 nafarni tashkil qiladi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif