Eldor Shomurodov kasbini o'zgartiradi

Tolibjon Qosimov
13 iyun 2022, 21:38
Xabaringiz bor, shu kunlarda Namangan shahrida 2023 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi "C" guruh o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Ertaga, 14 iyun kuni guruhning so'nggi 3-tur bellashuvlari o'tkaziladi. Bugun O'zbekiston terma jamoasi Srechko Katanets boshchiligida Tailandga qarshi oxirgi tur uchrashuvidan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot haqidagi batafsil xabar va galereya birozdan so'ng ko'rasiz.

Hozir esa e'tiboringizni boshqa tomonga qaratamiz. Oxirgi 2 kun davomida "Paxtakor" stadionida o'tkazilgan O'zbekiston va Iroq U-23 terma jamoalari bahsidagi vaziyat trendga chiqdi. Unda muxlislar tomonidan otilgan qattiq jismli buyumlar chet ellik operator va o'zbekistonlik fotografni jarohatladi.

FOTO  O'zbekiston – Iroq bahsida muxlislar tomonidan otilgan tosh fotosuratchi va operatorni og'ir ahvolga solib qo'ydi

Bugun esa O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov o'zini aynan fotograflikda sinab ko'rdi. Balki, oxirgi kunlarda trendga chiqqan kasb unga yoqib qolar)) Xullas, "Eldor foto"ning ish jarayonidan ayrim kadrlarni e'tiboringizga havola etamiz. Ko'ring va shunchaki kayfiyatni ko'taring)

Shomurodov O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovdan fotoapparatni so'raganida "HP photo" shoshib qoldilar. Bunaqa mashhur shogirdlari yo'qda) Eng mashhur shogirdlari men... edim :)


Fotograflar odatda o'z muxlislariga ega bo'lish uchun yillab mehnat qilishadi. Eldor 30 soniyada muxlis yig'a oldi atrofiga)


Tabassumiga qaraganda unga yoqib qoldi rasmga olish)


- Davom et, Eldor.


Ana opkelding, Eldor. Yangi kasbda birinchi kallani qo'yganing bilan tabriklayman) Bu 400talik obektiv, u bilan o'zingni rasmga ololmaysan)


Eldordek mashhur odam fotograflikka o'tsa nonimiz yarimta bo'ladi deb turgan joyimizda Doston Hamdamovga nima borikin-a :)))


Aytdim-u 30 soniyada muxlis to'pladi yoniga deb. "Eldor foto" bilan rasmga tushishyapti.


Xullas, terma jamoaning bugungi mashg'uloti mana shunday ajoyib voqelik bilan boshlandi. O'ylaymizki, yuqoridagi rasm va izohlarni jiddiy qabul qilmaysiz. Shunchaki, kayfiyatni ko'tarish uchun ko'rib qo'ying. Salomat bo'ling!


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia