Mag'lubiyatga loyiq bo'lmagan Tibo Kurtua...

Omonjon To`xtamirzayev
16 fev 2022, 10:40
Tunda Parijda PSJ haqli ravishda "Real" ustidan g'alaba (1:0) qozondi.

O'ziga xos paradoks - o'yindan kelib chiqsak, PSJ yutishi kerak edi, lekin shu bilan birga Kurtua maydonni mag'lub sifatida tark etishga loyiq emasdi. 

Agar "Madrid" safida mag'lubiyatga loyiq bo'lmagan birgina futbolchi bo'lsa ham, u shubhasiz Tibo Kurtua bo'ladi. Ha, Militao, Kazemiro va balki Alaba ham yaxshi o'yin o'tkazgandir, ammo Kurtua ulardan biroz yaxshiroq o'yin o'tkazdi. So'nggi soniyalardagi Mbappening goli belgiyalikning xizmatlarini yo'qqa chiqara olmaydi. Kim biladi deysiz, agar darvozada Kurtua bo'lmaganida hisob boshqacharoq ko'rinish olarmidi...

O'yin davomida hatto Leo Messi ijrosidagi penaltini ham qaytargan Tibo Kurtua YCHL doirasida darvozasiga aniq kelgan oxirgi 23 zarbaning 22 tasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

Belgiyalik 2007 yildan buyon "Madrid" safida YCHL uchrashuvida penalti qaytargan birinchi kiperga aylandi. 

Kurtua mavsumda uchinchi bor (ketma-ket) o'n bir metrlik nuqtadan berilgan zarbani bartaraf qilmoqda. Avvalroq Tibo qo'lqoplaridan chempionat doirasida "Valensiya", Superkubok bahsida "Atletik" aziyat chekkandi. 

Endi 3 haftadan so'ng jamoalar Madridda ro'baro kelishadi va intrigani aynan Kurtua saqlab qoldi desak mubolag'a bo'lmaydi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia