

"Murabbiy Lukakuning bu gaplari uchun qaydnomadan o'chirib tashlamasligi kerak edi deb hisoblayman. Boshqaruvchi sifatida murabbiyga ham bu gap-so'zlarni eshitish yoqimli emasligi aniq. Biroq jamoadagi boshqa futbolchilarni ham yoddan chiqarmasli kerak. Ular APLni yutishni istamoqda.
So'nggi bir necha oylar davomida oddiy intervyulari uchun futbolchilarni tanqid qilayotgandim. Qachonki futbolchi haqiqatni gapirib interyu bersagina uni diqqat e'tibor markaziga olishadi.
Lukaku "Aston Villa"ga qarshi o'yinda zaxiraga olinganida o'yinga katta ta’sir o'tkazayotgandi. Uning o'yiniga e'tibor berib, MYU va "Inter"da ham shunday muhim bo'lgani yodga tushdi. O'shanda Tuxel futbolchining chin yurakdan mehnat qilishi kerakligin gapirgandek bo'ldi", - dedi Nevill.



