

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Muhammadanas Hasanov 2022 yilgi mavsumni "temiryo'lchilar" safida boshlaydi.
Ma'lumot uchun, Hasanov 2017-2021 yillar davomida "Qo'qon-1912" safida jami 95ta o'yinda maydonga tushdi va 9ta gol urdi. 2019 yilning ikkinchi davrasini futbolchi "So'g'diyona"da ijarada o'tkazgan va 7ta bahsda ishtirok etgandi.
Quyida futbolchining 2021 yildagi harakatlarini tomosha qilishingiz mumkin:



