3 ta klub "Manchester Siti" yarim himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
26 okt 2023, 10:34
Futbolchi qishda "shaharliklar"ni tark etishi mumkin.

"Bavariya", "Liverpul" va "Yuventus" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillipsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Sky Sport Germany" nashri xabar berdi.

Futbolchi kam o'ynayapti va yanvarda klubni tark etishni o'ylamoqda. O'yinchi sotib olish huquqi bilan ijaraga berilishi yoki to'liq transfer qilinishi mumkin.

Angliyalik futbolchi "Siti"da 2022 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 27 yoshli xavbek joriy mavsum APLda 3 ta o'yin o'tkazib, jami 70 daqiqani maydonda o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Germany