Evro-2020. Ukraina termasiga javobsiz to'rtta gol urgan inglizlar yarim finalda!

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2021, 01:55
Yevropa chempionati chorak finali doirasidagi Ukraina - Angliya bahsi o'z yakuniga etdi.


Ukraina - Angliya 0:4

00:00 "Olimpiko", Rim. 

Bosh hakam: Feliks Brix

Gol: 4-Keyn (0:1), 46 -Maguayr (0:2), 50-Keyn (0:3), 63 -Xenderson (0:4)

Ukraina: Bushhan, Krivcov, Sidorchuk, Yarmolenko, Yaremchuk, Shaparenko, Zabarnyy, Mikolenko, Zinchenko, Karavaev, Matvienko.

Zahira: Pyatov, Trubin, Sobol, Sudakov, Stepanenko, Marlos, Makarenko, Cygankov, Bezus, Zubkov, Tymchik, Dovbik.

Angliya: Pikford, Uolker, Shou, Rays, Stounz, Maguayr, Keyn, Sterling, Fillips, Sancho, Maunt.

Zahira: Ramsdeyl, Jonston, Grilish, Xenderson, Reshford, Trippe, Mings, Kodi, Kalvert-Lyuin, Foden, Chiluell, Bellingem.


YANGILASH

90+1 O'YIN TAMOM! Angliya yarim finalda. Ularni bu bosqichda Daniya termasi kutib turibdi!

85. To'p nazorati Angliyada

73. O'zgarish: Dominik Kalvert-Lyuin maydonga tushdi, Keyn maydondan olindi

65. O'zgarishlar: Jud Bellingxem o'rniga Kalvin Fillips, Sterling o'rniga Reshford

65. O'zgarish: Sidorchuk maydondan chiqdi, uning o'rniga Makarenko maydonga tushdi

63. GOOOOOOOOL. Henderson hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirmoqda

50. GOOOOOOOOOOL. Shoudan navbatdagi assist va Keyn dubl qayd etmoqda

46. GOOOOOOOOOOOOL. Shou jarimadan to'pni uzatdi, Maguayr esa boshi bilan darvozani nishonga oldi

46. o'zgarish: Kiritso v o'rniga Shapalenko maydonga tushdi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

41. Yaremkuch qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, biroq ingilizlar himoyachilari yaxshi harakat qilishdi

36. O'zgarish: Shevchenko majburish o'zgarishni amalga oshirdi. Jarohat olgan Sergey Krivcov o'rniga Viktor Sigankov maydonga tushdi

33. ZARBAAAAA. BUSHAAAAAAN. Raysning kuchli zarbasini ukrainaliklar darvozaboni qiyinchilik bilan bartaraf etmoqda

29. ZARBA. Keyn boshi bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq

17. UXXXXXX. Roman Yaremchuk birga bir chiqib bordi, biroq Pikforddan super seyv

14. Ingilzlar uchrashuvni to'liq o'z narozatlari ostida olib borishmoqda

Raxim Sterlingdan super uzatma  va Angliya terma jamoasidan ajoyib gol

4. GOOOOOOOOL. Keyn hisobni ochmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia