"Turon" bugun Superligada debyut qiladi. Jamoa uy uchrashuvlarini qabul qiladigan stadion derbiga tayyor

Aslanov Jasurbek
10 mar 2021, 13:03
Yaypanning "Turon" jamoasi bugun Coca Cola Superliga birinchi turida o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

Bugungi uchrashuvga mezbonlik qiladigan "O'zbekiston" stadioni shay holatda. Quyida fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

TURON – QO'QON-1912
10 mart 2021 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 16:15 (Sport tv LIVE)
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Superliga debyutanti Yaypanning "Turon" klubi elitadagi dastlabki rasmiy uchrashuvni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi. Tabiiyki bu jamoalar O'zbekiston chempionatida o'zaro o'yin o'tkazishmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати