Shomurodov 82 daqiqa harakat qilgan bahsda "Jenoa" "Samdoriya" bilan durang o'ynadi

Mirjalol Normatov
4 mar 2021
Italiya A Seriyasining 25-turidan o'rin olgan "Jenoa" - "Sampdoriya" bahsi yakunlandi.

Unga ko'ra, hamyurtimiz Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan bo'ldi.


"Jenoa" - "Sampdoriya" 1:1

GOL:  52 - Zappakosta 1:0, 77 - Tonelli 1:1

Jenoa - Perin, Masello, Radovanovich, Krishito, Goldaniga, Zayc, Badel, Strootman, Zappakosta, Shomurodov, Destro.

Sampdoriya - Audero, Berezinski, Tonelli, Kolley, Augello, Kandreva, Adrien Silva, Ekdal, Verre, Balde Keyta, Kvalyarella.


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

82. O'zgarish: Marko Pyaca Shomurodovning o'rniga maydonga tushdi.

81. ZARBAAA. Ramires jarima tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, bu safar ham Perin to'pni ushlab oldi

78. O'zgarish: Kvalyarella maydonni tark etdi, uning o'rniga Gaston Ramires maydonga tushdi

77. GOOOOOOOL. Lorenco Tonelli hisobni tenglashtirdi

73. O'zgarish: Destro uchun uchrashuv yakunlandi. Uning o'rniga qolgan vaqtlarda Pandev harakat qiladi

71. O'zgarish:  Gabbyadini Keytaning o'rniga maydonga tushdi

64. ZARBAAAA. Kvalyarellaning zarbasini Perin qiyinchillik bilan ushlab oldi

63. Shomurodov ikkinchi qavatda ustunlikka ega bo'ldi va to'p Destroga bordi, biroq italiyalik ofsaydda qoldi

62. Uchrashuvda to'xtalish. Mezbonlar sardori Krishitoning yuziga kuchli zarba yo'lladi va himoyachi maydonda yotibdi

59. O'zgarish: Verre maydonni tark etdi, uning o'rniga Yakub Yankto maydonga tushdi

Zappakosta  ikkita himoyachidan o'tib ketdi va kuchli zarba yo'llab, hisobni ochishga erishdi

52. GOOOOOOOOOOOL. Zappakosta hisobni ochdi

50. Ikkinchi bo'limning dastlabki besh daqiqasini futbolchilar o'ynab bo'lishdi. Hozircha to'p asosan maydon markazida harakat qilmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa ham qo'shib bermadi va hushtagini chaldi. Hozircha hisob 0:0

44. Shomurodov to'pni egallab olib, katta masofani bosib o'tdi va to'pni Strotmanga uzadi. Biroq niderlandiyalikning jarima maydonchasiga uzatgan to'pini darvozabon ushlab oldi

41. Birinchi bo'limning so'nggi besh daqiqasi boshlandi. Hozircha mezbonlarda kichik ustunlik bor

34. Ogohlantirish: Milan Badel raqib maydoni atrofida juda qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi



29. UXXXXX.  Zayc hisobni ochishga ozgina qoldi. Uning yarim zarba yarim uzatmasi to'sin va ustun kesishgan joyga tegib qaytdi. Mezbonlar hisobni ochishga juda yaqin kelishgandi

27. ZARBA. Zayc uzoqdan zarba yo'lladi, bu safar ham zarbaga aniqlik yetishmadi

23. ZARBAA . Qanotdan uzatilgan to'pga Shomudorov boshi bilan zarba yo'lladi, biroq sal noaniq

21. Gol. Destro hisobni ochdi, biroq hakamning hushtagi chalindi. Mattia to'pni egallab olishdan avval darvozabonga qo'pollik ishlatdi

13. Har ikki jamoa vakillari ham bahsning dastlabki daqiqalarida xavfli hujumlar tashkil qilisha olmayapti

5. ZARBA. Destro maydon tashqarisidan kuchli va aniq zarba yo'lladi, biroq mehmonlar darvozaboni to'pni ushlab olishga erishdi

2. Adrian Silva jarima maydonchasiga kirib bord,i biroq Perin to'ni burchakka chiqarib yubordi

UCHRASHUV BOSHLANDI!



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia