APL. "Chelsi" "Nyukasl" bilan o'yinda oson g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
21 noya 2020
Angliya premer-ligasining 9-turidan o'rin olgan "Nyukasl" - "Chelsi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin.


Angliya premer-ligasi, 9-tur.
"NYUKASL" - "CHELSI" - 0:2
21 noyabr. Nyukasl. "Sent-Jeyms Park" stadioni.
Bosh hakam
: Kreyg Pouson (London).

Gollar: Federiko Fernandes 10 avtogol, - 0:1. Temmi Abraxam 65, - 0:2 (Timo Verner).

"NYUKASL": 21.Karl Darlou, 19.Xaver Mankilo (24.Migel Almiron, 66), 18.Federiko Fernandes, 6.Jamal Lassels (5.Fabian Sher, 46), 2.Kiran Klark, 15.Jamal Lyuis, 14.Isaak Xeyden, 36.Shon Longstaff, 23.Jeykob Merfi, 10.Allen Sen-Maksimen (7.Endi Kerroll, 74), 9.Joelinton.
Zaxira: 29.Mark Gillespi, 17.Emil Kraft, 16.Jeff Xendrik, 8.Jonjo Shelvi, .

"CHELSI": 16.Eduard Mendi, 24.Ris Djeyms, 15.Kurt Zuma, 2.Antonio Ryudiger, 21.Ben Chiluell (33.Emerson, 82), 7.Ngolo Kante, 17.Mateo Kovachich, 19.Meyson Maunt, 22.Xakim Ziesh, 9.Temmi Abraxam, 11.Timo Verner (20.Kallum Xadson-Odoi, 76).
Zaxira: 1.Kepa, 28.Sesar Aspilikueta, 4.Andreas Kristensen, 5.Jorjino, 18.Olive Jiru. 

Ogohlantirishlar: Isaak Xeyden 39, Jeykob Merfi 45.




MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Nyukasl" - "Chelsi" 0:2

90+2. ZARBAAAAA! Endi Kerrol jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, to'p Ryudigerga tegib darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

87. O'zgarish. "Chelsi". Ziesh o'rniga Jiru tushdi

82. O'zgarish. "Chelsi". Chiluell o'rniga Emerson tushdi

80. Almiron burchak to'pini amalga oshirdi, Mendi o'z o'rnida

79. ZARBAAA! Yana Almiron zarba berdi, to'pni Mendi qaytardi!



76. O'zgarish. "Chelsi". Verner o'rniga Kallum Xadson Odoi

75. GOOOOOOL! Timo Verner Zieshning to'p uzatishidan keyin gol urdi, ammo o'yindan tashqari holatda edi va gol inobatga olinmadi!

74. O'zgarish. "Nyukasl". Sen Maksimen o'rniga Endi Kerroll

72. ZARBAAAAA! Almironning to'p uzatishidan keyin Shon Longstaff kuchli zarba berdi, to'p to'singa tegib qaytdi!

66. O'zgarish. "Nyukasl". Mankilo o'rniga Almiron



65. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Temmi Abraxam 0:2. Timo Verner ikki himoyachidan qochib kyetib to'pni sherigiga uzatdi, Abraxam gol urdi! 

[instagram]

   [/instagram]


58. ZARBAAA! "Nyukasl"ning hujumi, Isaak Xeydenning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

53. UXXXX! Timo Verner hozir juda qulay vaziyatga chiqib bordi va to'pni sherigiga aniq uzata olmadi! Bugun Verner antiqahramon bo'lmoqda 

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Nyukasl". Lassels o'rniga Fabian Sher tushdi


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:1


45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

45. Jeykob Myorfi ogohlantirildi

44. Taym so'nggida "Nyukasl" to'pni ko'proq egallab turibdi va hujumga o'tmoqda, biroq aniq zarba yo'q

41. ZARBAAA! Ziesh jarima to'pini amalga oshirdi, to'pni Darlou egallab oldi

39. Kovachichni yiqitgani uchun Isaak Xeyden ogohlantirildi

34. ZARBAAAA! Sen Maksimen jarima maydoni ichiga yorib kirdi va zarba berdi, to'pni Zuma qaytardi!

31. "Nyukasl"ning hujumi, Sen Maksimendan ajoyib pas, ammo Mendi to'pga birinchi bo'ldi

30. ZARBAAAAAAA! Abraxam to'pni sherigiga qoldirdi, Vernerning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!



27. ZARBAA! Joelinton uzoq masofadan Mendini sinab ko'rmoqchi bo'ldi, ammo zarbasi kuchsiz va noaniq bo'ldi

25. FAKT! Federiko Fernandes "Nyukasl" safida o'zining beshinchi avtogolini urdi. Bu futbolchi klubga kelganidan buyon (2018 yil avgust) "Nyukasl"da hech kim bunchalik ko'p avtogol urmagan. 




20. Uchrashuvni dunyoning turli nuqtalarida, turli yoshdagi futbolchilar kuzatib borishmoqda 



17. FAKT! O'tgan mavsum bu jamoalar o'z maydonlarida o'tgan uchrashuvlarda 1:0 hisoblarida g'alaba qozonishgan.

15. Xavfli vaziyat! Timo Verner yana jarima maydoniga kirib bordi va o'tkir burchakdan darvozaga parallel tarzda zarba berdi, Abraxam to'pga ulgurmadi

10. AVTOGOL! O'ng qanotdan Maunt uzatgan to'pni "Nyukasl" himoyachisi Federiko Fernandes o'z darvozasiga yo'lladi - 0:1

[instagram]

  [/instagram]


9. ZARBAAAA! Zieshdan ajoyib to'p uzatish va Abraxamning bosh bilan yo'llagan zarbasini Darlou qaytardi! 

5. ZARBAAA! Kantedan pas va Verner jarima maydoniga kirib zarba berdi, Darloudan seyv!

2. Bugun "Chelsi"da Ngolo Kante jamoa sardori bo'lib maydonga tushdi



1.O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia