"Barselona" Messiga rad etib bo'lmas shartnoma taklif qilishga tayyor

Alisher
9 mar 2020
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi 2023 yilga qadar klubda qolishi mumkin.

Kataloniya klubi 32 yoshli Argentina terma jamoasi forvardi bilan shartnomani uzaytirmoqchi va unga yillik 50 million evro maosh to'lamoqchi. Xabar qilinishicha, o'yinchi va "Barselona" o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Oldinroq, Lionel Messi La Liganing fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Hujumchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 21ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira