"Yuventus" yanvarda ikki muhim o'yinchisini sotib yuboradi

Alisher
5 sen 2019, 11:48
"Yuventus" hujumchi Mario Manjukich hamda yarim himoyachi Emre Janlar bilan qishda xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Manjukich va Jan "Yuve"ning Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchun topshirgan qaydnomasida yo'q edi. Bu qarordan ikki futbolchini ham jahli chiqqan.

"Keksa sinora" rahbariyati bu futbolchilarga ortiq ishonch bildirmaydi va ularni yanvarda sotishni rejalashtirgan.

Manjukich va Janning "Yuventus" bilan tuzgan shartnomalari 2021 hamda 2022 yilga qadar mo'ljallangan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal