24 may kuni Yevropa ligasi finalida Ayaks va MYU to'qnash kelishadi

Narzulla Saydullayev
12 may 2017, 07:42
2016/17 yilgi mavsum Yevropa ligasining finalida o'ynaydigan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

24 may kuni Stokgolmdagi Frends Arene stadionida Manchester Yunayted va Ayaks klublari o'zaro bellashishadi.

Gollandiyaliklar yarim finalda Lionni (4:1, 1:3), inglizlar esa – Selta (1:0, 1:1) to'sig'idan o'tishdi.

Yevropa ligasi g'olibi keyingi mavsumda Yevropa chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia