Rasman: Kolumbiya terma jamoasi a'zosi A Seriya klubiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
13 iyul 2019, 22:35
O'tgan mavsumning yarmini Barselonada ijara asosida o'tkazgan Valensiya himoyachisi Jeyson Murilo faoliyatini Sampdoriyada davom ettiradi.

Genuyaliklar 27 yoshli futbolchi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan bo'lib, uning transfer summasi 14 mln. evroga baholanmoqda. Avvalroq, Murilo Italiyaning – Udineze hamda Inter jamoalarida harakat qilgandi. 

U yakunlangan mavsum Kolumbiya terma jamoasi va klub safida atigi 8ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/sampdoria