JCH-2018. Zlatan Ibragimovichsiz qolgan Shvetsiya chorak finalda!

3 iyul 2018, 20:55
JCH-2018 nimchorak final doirasidagi Shveyciya - Shveytsariya o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

              YANGILASH

    MATNLI TRANSLYATSIYA


- Zlatan Ibragimovichsiz qolgan Shvetsiya ancha kuchli ekanligini isbotladi va Forsbergning yagona goli evaziga mundialning chorak finaliga qadar yetib keldi! Qoyil, Shvetsiya!

- UCHRASHUV TUGADI! Shvetsiya chorak finalda!

- Shvetsiya jarima zarbasidan foydalana olmadi. Skomina esa xushtagini chalib o'yin yakunlanganini bildirdi!

- Skomina shoshma-shosharlik qilib qo'ydi. Rahmat VAR! Penalti bekor qilindi! Qoida jarima maydonchasi tashqarida bo'lgangili uchun jarima zarbasi belgilandi!


- Shveytsariya butun jamoa bo'ylab hujumga o'tib ketdi. Shvetsiya esa qarshi hujumga o'tdi. Olsson yakkama-yakka vaziyatga chiqib borganda himoyachi uni to'xtatib qoldi. Hakam esa "nuqta"ni ko'rsatdi va qizil kartochka berdi. VAR eyordamga keldi.


- UHHHHHHHHHH! Seferovichning boshi bilan bergan zarbasini Olsen ushlab olmoqda! Ajoyib seyv!

- Uchrashuvning asosiv vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

84. Shveytsariya bosimni kuchaytirmoqda. Shvetsiya esa hozircha ushbu bosimga dosh bermoqda. O'yin yakuniga Shvetsiyaning bardoshi etadimi?  

79. Shveytsariya katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. Burchak zarbasidan so'ng Embolo boshi bilan darvozaga zarba yo'lladi. To'p esa Forsberga tegib yanada xavfli ko'rinish oldi. Ammo Shvetsiya himoyachisi tezda xavfni oldini oldi va to'pni jarima maydonchasi ichidan uzoqlashtirdi.

75. Shvetsiyadan yana bir hujum. Jarima maydonchasi ichida yiqilgan shvetsiyalik futbolchi hakamga penalti so'ragandek qaradi, ammo Skomina vaziyatga juda yaqin turgandi. Penalti yo'q.

73. Petkovich maydonga hujumchi Seferovichni tushirdi. Kecha Roberto Martinez qilgan ishni bajara olishga qodirmi Petkovich? Ko'ramiz. Kecha Belgiya aynan murabbiyning to'g'ri futbolchi almashtirishlari orqali o'yinga burilish yasab, yakunda fantastik "kambek"ni amalga oshirgandi.

69. Shveytsariya uyg'onishga majbur. Aks holda ular Rossiyani tark etishadi. Mundial bilan esa nimchorak finalda xayrlashishadi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! FORSBERG!!!! Shvetsiyaning bu galgi pozicion hujumi samarali yakunlandi. Forsberg jarima maydonchasi oldida to'pni qabul qildi va bir harakat bilan himoyachini ortda qoldirib to'pni darvoza tomon yo'lladi. Zarba esa yo'l-yo'lakay himoyachini oyog'iga tegib darvoza to'ridan joy oldi - 1:0! Forsbergning zarbasi darvoza tomon borayotgani tufayli to'p garchi himoyachining oyog'iga tekkandan so'ng to'rga tushgani sababli gol Forsberg hisobiga yoziladi.

- Bir soatdan oshiq vaqt o'tdi. Hozircha o'yinda bir marotaba Zommer chinakamiga ishga kirishgandi. Olsen esa hozircha dam olyapti. Jamoalar hujumni zarbaga qadar etkaza olishmayapti.

58. Shveytsariya to'p bilan muomula qilgan holda o'yinni o'z nazoratiga olishga urinmoqda. Ikkinchi bo'limda ular buni uddasidan chiqishyapti ham.

55. Shvetsiyadan Forsberg, Shveytsariyadan Shakiri ancha faol o'ynamoqda.

53. Shveytsariya tezlikni oshirdi. Hujumlar ketma-ketligi. Hozircha bundan naf chiqmayapti.

49. Shvetsiyadan ajoyib hujum! Forsberg hammasi markazdan boshladi va birin-ketin 4 himoyachini (hakamni ham aldashga majbur bo'ldi va aldadi) aldab o'tib, hujumni rivojlantirdi. Ammo Toyvonenning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Tanaffus!

45. Birinchi bo'limdagi oxirgi hujum to'p Cuberning qo'liga tegishi tufayli to'xtab qoldi. Skomina esa jamoalarni tanaffusga chorladi.

41. Shvetsiya!!!!!!!!! Xavfli vaziyatlar! Shvetsiya hisobni ochishga juda yaqin keldi. Avvaliga Forsbergning jarima zarbasidan tepgan to'pi jonli-devorga tegib sal qolsa darvoza to'ridan joy olishi mumkin edi. Burchak zarbasidan so'ng esa shveytsariyaliklar xavfni bartaraf etishgandek bo'ldi, ammo ikkinchi tempda davom ettirilgan hujum yanada xavfli ko'rinish oldi. O'ng qanotdan jarima maydonchasiga oshirilgan to'pga Ekdal ko'ngildagidek zarba bera olmadi. Vaholanki Ekdal yakka bir o'zi qolgandi. Ammo zarba o'xshamadi.

38. Cuber va Jemayli o'zaro pas o'yini orqali raqib himoyasini chalg'ita oldi va Jemayli darvozaga zarba yo'lladi. Noaniq.

- O'yin o'z afishasiga mos ravishda ancha sokin o'tmoqda. O'yin havosidan durang shamoli esayotgandek taassurot qoldirmoqda.


32. Shveytsariya qisqa paslar orqali hujum tashkil etishda ko'ngildagidek o'ynay olmagach, endi uzun paslar orqali raqib himoyasini kesib o'tishga intilmoqda.

28. XAVFLI VAZIYAT! Shvetsiya Shveytsariya jarima maydonchasi ichida xavfli hujum tashkil etdi. Toyvonen to'pni Berg tarafga juda oqilona tarzda o'tkazib yubordi va hujumchi darvoza tomon zarba yo'lladi. Ammo Zommer katta sahnaga chiqib jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Zommerning seyvi hozircha uchrashuvdagi eng chiroyli vaziyatga aylanib turibdi.

24. Shvetsiya doimgidek standart vaziyatlaridan xavf solishga urinmoqda. Bo'ydor va baquvvat futbolchilarga ega jamoaning ustunlik tomoni - ikkinchi qavat. Shveytsariya esa hozir qarshi hujumga o'tdi. Shakirining to'p oshirishidan so'ng Cuber boshi bilan darvozani poylamoqchi bo'lgandi. Lekin Cuberning zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

19. Maydonda e'tiborga molik vaziyatlar yuzaga kelmayapti. Jamoalar o'zaro taktik kurash olib borishmoqda. Hozircha hech bir jamoa katta kuch bilan oldinga o'tmayapti.

14. Dastlabki 10 daqiqani Shvetsiya nisbatan faolroq o'tkazdi. Shveytsariya esa asta-sekinlik bilan dadil o'yinga ko'rsatishni boshlamoqda. Shakirining to'p oshirishi xavfli ko'rinish oldi, ammo to'pga labbay deb javob beradigan futbolchi topilmadi.

10. Jamoalar faol ravishda pozicion hujumga o'tishdan ko'ra raqib xatosini kutib o'ynashmoqda. O'yin tezligi va tempi yuqori emas. Bu vaqtincha holat, deb umid qilamiz.


9. Zommer to'pni o'yinga kiritishda xatoga yo'l qo'ydi va Shvetsiyada yaxshi imkoniyat paydo bo'lgandi. Ammo shvedlar ushbu "sovg'a"ni kutishmagandi. Sal qolsa darvozabonning xatosi jamoaga qimmatga tushardi.

8. Shvetsiyadan javob hujumi! Berg ajoyib vaziyatga chiqib borib darvoza tomon zarba yo'llamoqchi bo'ldi. Yo'lladi ham. Ammo juda noaniq.

7. Cuber o'zining chap qanotidan Shvetsiya himoyasini yorib kirib, chamasi 17 metrlar masofadan darvozani "o'qqa" tutishga urinib ko'rdi. Darvoza tomon ilk aniq zarba. Ammo Olsen bu to'pni bemalol oldi.

6. Hozircha jamoalar shoshilishmayapti. Jamoalar dastlabki daqiqalarni raqibni o'rganishga sarflashmoqda.

- Shvetsiya ushbu mundialda klassik taktik sxema, yani 4-4-2dan foydalanayotgan kam sonli jamoalardan biri. Shveytsariya esa zamonaviy futboldagi eng urfga aylangan 4-2-3-1 taktik sxemasini qo'llamoqda.

3. Shvetsiya avvaliga maydon markazi oldidan standart vaziyatini amalga oshirdi. Keyin esa yon chiziqdan to'p jarima maydoni ichiga tashlandi. Ammo ushbu xavfni Shveytsariya himoyachilari bartarayf etishda muammoga duch kelishmadi.

1. Shvetsiya o'yinni markazdan boshlashi bilanoq himoyachi Lustig to'pni qabul qilishda sirpanib ketdi va to'pni raqib futbolchisi olib qo'ydi. Shakiri to'pni sherigidan qabul qilib olishi bilanoq uzoqdan zarba berishga qaror qildi. Ammo uning zarbasi noaniq chiqdi.

- O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Navbat har ikkala jamoalarning davlat madhiyasiga...

- Xush, bugungi bahsda kimning imkoniyatlari yuqori? Yoki penaltilar seriyasi ko'ramizmi?

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Jahon chempionatining nimchorak finalidan o'rin olgan Shvetsiya - Shveytsariya uchrashuvidan matnli onlayn translyatsiyani taqdim etamiz.



JCH-2018.

Nimchorak final.

Shvetsiya - Shveytsariya 1:0

Krestovskiy stadioni.

Bosh hakam
: Damir Skomina (Sloveniya)

Gol: Forsberg (66)

Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig (Kraft, 82), Grankvist, Klasson, Svensson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 82), Berg (Telin, 90), Toyvonen.

Shveytsariya 
– Zommer, Djuru, Rodriges, Lang, Akandji, Bexrami, Djaka, Djemaili (Seferovich, 73), Shakiri, Cuber (Embolo, 73), Drmich.

Ogohlantirishlar
: Lyustig (31), Bexrami (61), Djaka (68), Lang (90)



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia