2023/2024 yilgi Chempionlar ligasi finali chiptalari narxi ma'lum bo'ldi

Khoja
10 apr 2024, 11:47
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) rasmiy saytida 2023/2024 yilgi Chempionlar ligasi finali chiptalari narxi e'lon qilindi.

Final ishtirokchilarining muxlislari uchun jami 25 mingta chipta sotuvga chiqariladi va ularning narxi 60 funt etib belgilandi.

Shuningdek, yana 60 mingta chipta sotuvga chiqariladi. Bunday chiptalarning eng arzoni 160 funt etib belgilangan. Shuningdek, 430 va 610 funtlik chiptalar ham sotuvga chiqariladi.

Chempionlar ligasi finali 2024 yil 1 iyun kuni Londondagi Uembli stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com