“2018 yilda “Real” Salahni o'z safiga chorlagandi”

Misr terma jamoasining sobiq yordamchi murabbiyi Xani Ramzining aytishicha, 2018 yilda “Liverpul” forvardi Muhammad Salah “Real”ga o'tishi mumkin edi.

Misrlik futbolchi  o'sha yili YCHL final (“Liverpul” – “Real” 1:3) uchrashuvidan bir necha oy ilgari qirollik klubidan taklif olgan.

“Men Ektor Kuper bilan terma jamoada ishlaganimda mart oyida Shveytsariyada yig'in o'tkazgandik. O'shanda Salah men bilan suhbatda “Real”dan juda yaxshi taklif olganligi haqida aytgandi. U bu mavzuda men va Kuper bilan maslahatlashgan va “Liverpul”da qolishga qaror qilgandi. Angliyada unga hammasi qulay edi”, dedi Ramzi “OnTime Sports”ga bergan intervyusida.


Manba: OnTime Sports