2018 yildagi jahon chempionati uchun Moskvada 60ta mehmonxona ishga tushiriladi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2015, 10:43
Rossiyada bo'lib o'tadigan 2018 yildagi jahon chempionati uchun Moskvada 60ta mehmonxona ishga tushiriladi.

Bu haqda Moskva meri o'rinbosari Aleksandr Gorbenko ma'lum qildi.

"Asosan uch-to'rt yulduzli bo'ladi. Shaharda bu darajadagi mehmonxonalar uchun ehtiyoj bor. Bundan tashqari, trasport strukturasida qurilish ishlari ketmoqda. Turnir payti muxlislarni tashish uchun ajratilgan yo'lak to'g'ri ishlayapti. 3ta aeroportimizda tezkor ekspresslar bor.

Xavfsizlikka keladigan bo'lsak, 2016 yilda FIFA tomonidan reglamentlar e'lon qilinadi, shunda talablarga binoan ish ko'ramiz. Umuman olganda homiylik yaxshi darajada" - deydi Gorbenko.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com