2016 yilgi mavsumda oliy ligada legioner darvozabonlar bo'lmaydi
Narzulla Saydullayev
3 iyul 2015, 16:08
Bu haqda Farxod Magometov oliy liga va terma jamoa murabbiylari o'rtasida bo'lib o'tgan yig'ilish davomida aytib o'tdi.
"Bu yil xorijlik darvozabonlar mavsumni tugatib olishadi. Ammo 2016 yil uchun ularning xizmatlaridan foydalana olmaysiz. E'tiborni mahalliy darvozabonlarga qarating", - deydi PFL direktori.