2014 yilning eng yaxshi futbolchisi. Ahmedov, Iskanderov, Denisov kuchli uchlikda

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2015, 11:49
O'zbekiston futbol Federatsiyasi 2014 yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi aniqlash uchun o'tkazgan so'rovnomasiga ko'ra kuchli uchlik aniqlandi.
"Paxtakor"ning yosh futbolchisi Jamshid Iskanderov, "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov kuchli uchlikka kirishdi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov va OK-2015 kashfiyotlaridan biri bo'lgan Sardor Rashidov yakuniy uchlikka kira olishmadi.

2014 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi g'olibi fevral oyida Toshkentda tashkil etiladigan taqdirlash marosimida ma'lum qilinadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com